O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Akramjon Fozilov bungacha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini egallab kelgan.