Bir nechta NATOga a’zo davlatlar Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yo‘naltirishdan bosh tortmoqda.
Bu haqda Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini TA-3 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Slovakiya bu pozisiyada yolg‘iz emas. Biz hali ham Ukrainaga qurol yetkazib bermaslik yoki uni keyinchalik qurollantirish uchun moliyaviy jihatdan ishtirok etmaslik prinsipida qat’iy turamiz», — dedi u.
Slovakiya prezidentining ta’kidlashicha, Vengriya, Chexiya va boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash pozisiyani egallagan, chunki dasturda ishtirok etish majburiy bo‘lmasligi kerak.