Uch karra jahon chempioni Pele "Jahon chempionati-1958" finalida kiygan futbolka "Sotheby’s" auksionida sotuvga qo‘yiladi.
1958 yilgi mundial finalida Braziliya Shvesiyani 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha paytda 17 yoshli Pele dubl qayd etib, hozirgacha Jahon chempionati finalida gol urgan eng yosh futbolchi bo‘lib qolmoqda.
"The New York Times" ma’lumotiga ko‘ra, futbolkaning boshlang‘ich bahosi 6 million dollardan yuqori bo‘ladi.
Savdolar 29 iyun kuni boshlanib, 16 iyul kuni — "JCH-2026: finalidan uch kun oldin yakunlanadi.
Ushbu lot futbol tarixidagi eng qimmat futbolka rekordini yangilashi mumkin. Avvalgi rekord Diyego Maradonaning "JCH-1986:da kiygan futbolkasiga tegishli bo‘lib, u 2022 yilda 9,28 million dollarga sotilgan edi.