AQSh prezidenti Donald Tramp «Inter Mayami» jamoasini Oq uyda qabul qilish chog‘ida Lionel Messi bilan qo‘l berib ko‘rishar ekan, uni eng buyuk futbolchi deb atadi.
Davlat rahbari: «Barcha davrlarning eng buyuk o‘yinchisi kim — Pelemi yoki Messi?» — deya savol berdi.
«Inter Mayami» delegasiyasi va tashrif buyurgan jurnalistlar bir ovozdan: «Messi!» — deb javob qaytarishdi. Bunga javoban Tramp: «Qo‘shilaman. Menimcha, u — eng buyugi», — dedi.
«Inter Mayami» klubi MLS Kubogidagi g‘alaba munosabati bilan Oq uyga tashrif buyurdi. Messi AQSh prezidenti bilan ilk bor uchrashdi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning yanvar oyida, mamlakatni Jo Bayden boshqarib turgan vaqtda, argentinalik yulduz prezidentlik medalini topshirish marosimida ishtirok eta olmagan edi.