Pedri "Barselona" rekordini o‘rnatdi.
Yarim himoyachi La Liganing 36-turidan o‘rin olgan "Espanyol"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Bu o‘yin Kanar orollaridan bo‘lgan futbolchi "blaugrana" tarkibidagi 200-o‘yin bo‘ldi. U bu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Hozirda Pedri 22 yosh-u 171 kunlik. U 22 yoshu 273 kunligida 200-o‘yinini o‘tkazgan Lionel Messini ortda qoldirdi.