Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor" Superligada so‘nggi 5 yillikning eng yaxshi klublari

"Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor" Superligada so‘nggi 5 yillikning eng yaxshi klublari

“Superliga reglamenti”ning 3.4-bandi asosida Liga barqarorlik reytingini shakllantirib bormoqda. 2027 yilgi mavsumdan e’tiboran mazkur ko‘rsatkichlar bir qator mezonlarga ta’sir ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq 2025 yilgi mavsum bo‘yicha reyting e’lon qilingan bo‘lib, unda "Paxtakor", "Nasaf" va "Dinamo" klublari dastlabki uchtalikdan joy olgandi. "Neftchi" garchi Superligani chempion sifatida yakunlagan bo‘lsa-da, klubning U19 va U21 chempionatlari, shuningdek, mamlakat kubogidagi natijalari kuchli uchtalik uchun kamlik qilgandi.

So‘nggi 5 yillik natijalariga ko‘ra ham mamlakatning ikki eng yaxshi klublari "Paxtakor" va "Nasaf" bo‘lib turibdi. Toshkent klubi taqibchisidan 18 ochko ilgarilab ketgan. Kuchli uchlikni esa "Navbahor" yakunlagan. OKMK, "Bunyodkor" keyingi o‘rinlardan joy olgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi besh yillik natijalari 2026 yilgi mavsum so‘ngida yana hisob-kitob qilinadi. Bunda 2021 yilgi mavsum natijalari ayirib tashlanadi va hisoblash 2022 yilgi mavsumdan boshlanadi.

"Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor" Superligada so‘nggi 5 yillikning eng yaxshi klublari

Kiritildi: 23:36 07.02.2026. O'qildi: 156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!