“Paxtakor” hamda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini kecha Belgiyaning “Antverpen” klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Belgiyaliklar 20 yoshli futbolchi uchun 750 ming yevro to‘laydigan bo‘lishdi. Ammo klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, O‘rinboyevning keyingi transferidan "Paxtakor" ulush oladi.
"Antverpen" esa futbolchilarni eksport qilish bo‘yicha Yevropada juda yaxshi ishlaydi. Xususan, so‘nggi 2 yilda klub 13 futbolchini boshqa klubga sotgan va bu transferlarning umumiy summasi 100 million yevroni tashkil qilgan.