Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlar uchun reyting joriy etiladi

Paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermerlar uchun reyting joriy etiladi

Paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari faoliyatini baholash bo‘yicha maxsus reyting tizimi joriy etiladi.

Unga ko‘ra, kamida 10 yildan ortiq muddat faoliyat yuritib kelayotgan, shuningdek kredit, lizing va soliq to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzi mavjud bo‘lmagan fermerlar alohida reyting asosida baholanadi.

Reytingda yuqori o‘rinni egallagan fermerlarga Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar yanada qulay shartlarda taqdim etiladi. Jumladan:

  • paxtachilik uchun kredit stavkasi — 8 foiz,

  • g‘allachilik uchun — 10 foiz etib belgilanadi.

Tizimning maqsadi — fermerlar o‘rtasida raqobatni kuchaytirish, moliyaviy intizomni oshirish va hosildorlikni yaxshilashga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 13:21. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!