Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pavel Durov Rossiyada Telegram’ning sekinlashishi bo‘yicha bayonot berdi. U bunday ishlar nima uchun kerakligini ochiqladi

Pavel Durov Rossiyada Telegram’ning sekinlashishi bo‘yicha bayonot berdi. U bunday ishlar nima uchun kerakligini ochiqladi

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerning Rossiya hududida sekinlashtirilishi fonida ilk bayonotini berdi.

"Rossiya o‘z fuqarolarini davlat tomonidan nazorat qilinadigan, kuzatuv va siyosiy senzura uchun yaratilgan ilovaga o‘tishga majburlash maqsadida Telegram’ga kirishni cheklamoqda", — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

Durov, shuningdek, sakkiz yil oldin Eronda ham messenjerni bloklashga harakat qilinganini, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, bu natija bermaganini eslatib o‘tdi. "Taqiqlarga qaramay, eronliklarning aksariyati hali ham Telegram’dan foydalanadi. Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri yechim bo‘lmaydi. Telegram har qanday bosimga qaramay, so‘z erkinligi va shaxsiy daxlsizlik huquqini himoya qiladi", — deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.

Kiritildi: 23:21 10.02.2026. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!