Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Patrushev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralar o‘tkazadi. Rossiya delegasiyasi tarkibiga davlat idoralari, yirik logistika kompaniyalari, kemasozlik korxonalari, shuningdek, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ham kirgan.
Si Szinpin va Donald Tramp AQSh hamda Xitoy o‘rtasidagi savdo sulhini uzaytirishga kelishganidan so‘ng, e’tibor noyabr oyida Shenchjen shahrida o‘tishi kutilayotgan ATES sammitiga qaratilgan.
Vladimir Putin ham bunday uch tomonlama uchrashuv ehtimolini ijobiy baholagan. Uning aytishicha, sammit doirasida Si Szinpin, Donald Tramp va Vladimir Putinning uchrashuvi «juda mumkin».
Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey esa bunday muloqot ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish va rivojlantirish uchun foydali bo‘lishini aytgan.