1 sentyabrdan PPX jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatadi.
Hukumat qaroriga muvofiq, yuridik shaxslar aholi gavjum joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash uchun PPX bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Ariza vakolatli organga topshirilganidan so‘ng, 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng maxsus akt tuziladi va shartnoma loyihasi tayyorlanadi.
Xizmat narxlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.