Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Parkent aholisiga 5 ming tup uzum ko‘chati bepul tarqatildi

Parkent aholisiga 5 ming tup uzum ko‘chati bepul tarqatildi

Parkent tumanida aholini uzumchilik orqali qo‘shimcha daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida Asakabank ishonchli boshqaruvidagi “Oltiariq – Agro Star” ixtisoslashtirilgan kompaniyasi tomonidan 5 ming tup yangi, danaksiz uzum ko‘chatlari aholiga bepul tarqatildi.

Ushbu tashabbus Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Kompaniya Parkent tumanida uzumchilikni rivojlantirish, eksportbop navlarni ko‘paytirish va mahalliy aholi farovonligini oshirish yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

Shu bilan birga, kompaniyaning tajribali dehqonlari tomonidan aholi uchun uzum ko‘chatlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha amaliy master-klasslar ham tashkil etildi.

E’tiborlisi, “Oltiariq – Agro Star” ixtisoslashtirilgan kompaniyasi bugungi kunda Asakabank ishonchli boshqaruvidagi loyihalardan biri hisoblanadi. Bank mazkur tashabbus orqali nafaqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni, balki mahallalarda aholi daromadini oshiradigan barqaror agroekotizimni shakllantirishni ham maqsad qilgan. Yaqin vaqtlarda shunday ishlar Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ham amalga oshiriladi.

Kiritildi: 16:21 03.11.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!