Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Parijda Fransiyaning eng qadimgi bozorlaridan biri yong‘inda vayron bo‘ldi

Parijda Fransiyaning eng qadimgi bozorlaridan biri yong‘inda vayron bo‘ldi

Fransiya poytaxti Parijdagi tarixiy «Marshe-de-zanfan-ruj» bozori 12 oktyabr kechasi sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jiddiy zarar ko‘rdi. Yong‘in taxminan 1 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Hodisa sababi hozircha ma’lum emas.

«Le Mond» nashri xabar berishicha, yong‘inni o‘chirish uchun qariyb 150 nafar qutqaruvchi va 50 ta maxsus texnika jalb etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan. Mutaxassislar yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.

1615 yilda, Lyudovik XIII hukmronligi davrida Parijning Mare tumanida tashkil etilgan mazkur bozor shaharning eng qadimgi yopiq bozori hisoblanadi. Uning nomi yaqin atrofda joylashgan, qizil kiyim kiygan yetim bolalar yashagan muassasa bilan bog‘liq.

1982 yilda bozor tarixiy yodgorlik sifatida ro‘yxatga olingan. U yerda restoranlar, sabzavot va pishloq do‘konlari, gul rastalari hamda turli oziq-ovqat savdo nuqtalari faoliyat yuritgan.

1990-yillarda bozor o‘rnida yerosti avtoturargohini qurish rejalashtirilgan, biroq mahalliy aholi tarixiy binolarni saqlab qolish uchun chiqish qilgan. 2000 yilda qayta ta’mirlangan bozor yana o‘z faoliyatini boshlagan.

Yong‘in natijasida tarixiy bozorning qanchalik qismi zarar ko‘rgani va uni qayta tiklash imkoniyatlari haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 18:56 13.10.2026. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!