Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Parijda 1923 yildan buyon ilk bor Sena daryosida cho‘milishga ruxsat berildi

Parijda 1923 yildan buyon ilk bor Sena daryosida cho‘milishga ruxsat berildi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"5 iyul shanba kuni Parijda Sena daryosida cho‘milish uchun maxsus jihozlangan uchta hudud ochildi. Bu yerlarda kiyim almashtirish xonalari, dushlar, shezlonglar va yotish joylari mavjud bo‘lib, dam oluvchilarning xavfsizligini qutqaruvchilar ta’minlaydi. Cho‘milish hududlaridan foydalanish bepul", deyiladi agentlik xabarida.

Reuters'ning qayd etishicha, Senada cho‘milishga ruxsat berilishiga 2024 yilda o‘tkazilgan Parij Olimpiadasining natijasi hisoblanadi. O‘shanda musobaqalarni o‘tkazish uchun daryo suvi maxsus usulda tozalangan edi.

Kiritildi: 23:45 05.07.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!