Polisiya polotnoni narkotiklarning noqonuniy aylanishiga oid ish bo‘yicha o‘tkazilgan tintuvlar vaqtida 17 kg gashish va 200 ming yevrolik brend buyumlar bilan birga musodara qildi.
Polisiya amaliyoti Fransiya poytaxti yaqinidagi Shampini-syur-Marn kommunasi va Ormesson-syur-Marn shaharchasida bo‘lib o‘tdi.
Haqiqiyligi tasdiqlangan kartinada Pikassoning mahbubasi Mari-Terez Valter tasvirlangan. Polotnoning qiymati 12-15 mln yevroga baholanmoqda, deb xabar bermoqda Le Parisien.
Polotno giyohvand moddalar savdosi ishi bo‘yicha asosiy ayblanuvchi bo‘lgan 37 yoshli erkakning xolasining uyida bo‘lgan.
U aybini tan oldi, biroq buni o‘zi ishlaydigan san’at asarlarini saqlash kompaniyasining xavfsizlik tizimidagi zaifliklarni ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lganligi bilan izohladi. O‘g‘rilik va o‘g‘irlangan narsalarni yashirish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Asosiy ayblanuvchi bilan birga yana besh kishi qo‘lga olingan, ulardan uch nafari qamoqqa olingan.