Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina hech qachon NATO'ga a’zo bo‘lmaydi — Zalujniy

Ukraina hech qachon NATO'ga a’zo bo‘lmaydi — Zalujniy

​Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Ukrainaning NATO'ga qo‘shilishiga shubha bildirdi. U bu haqda Kiyevda bo‘lib o‘tgan elchilar yig‘ilishidagi yevroatlantika integrasiyasiga bag‘ishlangan muhokama chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi "Evropeyskaya pravda".

​"Men NATOni juda yaxshi bilaman. Taxminan 12 yil davomida NATO standartlarini o‘zlashtirishimiz bilan shaxsan shug‘ullanganman va har yili "ana-mana, a’zo bo‘lamiz" degan ertaklarni eshitganman. Afsuski, biz hech qachon unga a’zo bo‘lmaymiz!" — dedi Zalujniy.

​Uning fikricha, muammo shundaki, NATO standartlari zamon talablariga javob bermaydi:

​"Ukraina Qurolli kuchlaridagi mavjud rivojlanish darajasi bilan Ikkinchi jahon urushi doktrinalariga tayanadigan tashkilotga a’zo bo‘lishning iloji yo‘q. Katta ehtimol bilan, NATO hozirgi ahvolida qoladi va Ukrainaga o‘xshab kamida Rossiya Federasiyasi darajasining yarmiga yetib olish uchun zarur bo‘lgan standartlarga o‘tishga taxminan 12 yil sarflaydi".

​Zalujniy "Ukrainaga bugungi kunda NATO mamlakatlarida hali mavjud bo‘lgan texnologiyalar zarurligini" tan oldi. Biroq u Ukraina endi shakllanadigan blok va ittifoqlarga qo‘shiladi, deb hisoblaydi. "Katta ehtimol bilan, gap Yevropaning harbiy-siyosiy xavfsizlik bloki haqida boradi", — dedi Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni.

Kiritildi: Bugun 12:56. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!