Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Papa Trampni Yevropa va AQSh munosabatlarini buzganlikda aybladi

Papa Trampni Yevropa va AQSh munosabatlarini buzganlikda aybladi

Rim papasi Lev XIV AQSh prezidenti Donald Trampning Yevropaga nisbatan qilgan oxirgi bayonotiga munosabat bildirib, uni Vashington va Yevropa o‘rtasidagi tarixiy ittifoqni buzishga urinayotganlikda aybladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Tramp yaqinda bergan intervyularidan birida Yevropani «qulayotgan qit’a» deb atagan va uning rahbarlarini «sust va beta’sir» deya tanqid qilgan edi. Papaning ta’kidiga ko‘ra, bunday bayonotlar ikki tomonlama ko‘p yillik hamkorlikka jiddiy putur yetkazishi mumkin.

«Kechirasiz, ammo men kuzatayotgan ba’zi narsalar Yevropaga va AQShga o‘nlab yillar davomida xizmat qilgan haqiqiy ittifoqqa jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yaqindagi intervyularda Yevropaga nisbatan aytilgan so‘zlar – bu muhim va kelajak uchun zarur bo‘lgan alyansni buzishga urinishdek ko‘rinadi», – dedi Papa Lev XIV Tramp bergan intervyuga ishora qilib.

Papa, shu bilan birga, Tramp va uning jamoasi o‘z siyosiy dasturini ishlab chiqish huquqiga ega ekanini tan oldi. Ammo uning fikricha, bu dasturdagi ayrim nuqtalar hatto AQShning o‘zida ham keng qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Ukraina atrofidagi mojaroni hal etishga Yevropaning «yagona hissasi – bayonotlar va da’vatlar» ekanini aytib, qit’ani yetakchilik qilmayotganlikda ayblagan edi. Axios nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, hatto AQSh ma’muriyatining ayrim vakillari Yevropani Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga asosiy to‘siq deb biladi.

Kiritildi: Bugun 14:14. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!