Rim papasi Lev XIV Yaqin Sharqdagi urushning kengayishini bema’ni va g‘ayriinsoniy zo‘ravonlik deb atadi. Uning ta’kidlashicha, bu nizoda inson hayotiga shaxsiy manfaatlar yo‘lidagi bilvosita zarar sifatida qaralyapti.
"Hech qanday foyda bolalar yoki oilalar hayotidan ustun bo‘la olmaydi", — deb yozdi Papa o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.
U, shuningdek, "Iso shogirdlari" hech qachon bomba yog‘dirayotganlar tarafida bo‘lmasligini va harbiy harakatlar tinchlikka olib kelmasligini alohida qayd etdi.