Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Oziq-ovqat xavfsizligi: yil davomida narxlar barqarorligini ta’minlaydigan doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi

Oziq-ovqat xavfsizligi: yil davomida narxlar barqarorligini ta’minlaydigan doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi

Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda oziq-ovqat mahsulotlari bozorida narx-navo barqarorligini va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doimiy e’tibor markazida bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.

To‘g‘ri, kuz-qish mavsumi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilyapmiz. Endi bu ishni yil davomida amalga oshirib, narxlar barqarorligini ta’minlash uchun doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi”, – dedi Prezident.

Fermerlar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash choralari

Yaqindagina ozuqabop, moyli ekinlar va kartoshka yetishtiruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

  • kelgusi yili fermerlarga 2025 yilda olgan hosil qiymatining 50 foizi miqdorida,

  • Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan 12 foizli imtiyozli kredit ajratiladi;

  • xorijiy valyutadagi kreditlarda 8 foizdan yuqori bo‘lgan qizmni davlat qoplab beradi;

  • kreditlar bo‘yicha 50 foizgacha davlat kafolati taqdim etiladi.

Kartoshka urug‘chiligiga qo‘llab-quvvatlash

Har yili “in-vitro” laboratoriyalarida virusdan xoli 10 milliondan ortiq kartoshka mini-to‘ganaklari tayyorlanib, ular urug‘chilik xo‘jaliklariga bepul beriladi.

Mazkur choralar fermerlar xarajatini kamaytirish, hosildorlikni oshirish va ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligining oldini olishga qaratilgan.

Kiritildi: 13:29 10.12.2025. O'qildi: 1333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!