Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

OZARBOYJONDA “O‘ZBEKISTON KINOSI” KUNLARI BOSHLANMOQDA

OZARBOYJONDA “O‘ZBEKISTON KINOSI” KUNLARI BOSHLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Ozarboyjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 7-10 dekabr kunlari Boku shahrida “O‘zbekiston kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi.

6 dekabr kuni bir guruh kinoijodkorlar Ozarboyjon poytaxtiga yetib kelishdi. Delegasiya tarkibidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, kinorejisserlar Eldor Mamedov, Dilmurod Masaidov, kinojurnalistlar Feruza Nodirova, Shoira Raufboyeva va boshqalar o‘rin olgan.

Kino kunlari doirasida ozarboyjonlik kino muxlislariga “Azaliy do‘stlik va qardoshlik”, “Ayol qismati”, “Faridaning 2000 qo‘shig‘i”, “Baron 2: Sog‘inch”, “Maqsud Shayxzoda” singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:13 07.12.2022. O'qildi: 1156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!