Ozarboyjon armiyasi NATO standartlariga moslashtirilmoqda. APA xabariga ko‘ra, bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 6 noyabr kuni NATO delegasiyasini qabul qilganida aytib o‘tgan.
«Davlat rahbari bu borada Turkiya armiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan u mamlakat va alyans o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishning roliga to‘xtalib o‘tdi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Ozarboyjon armiyasini modernizasiya qilish jarayoni davom ettiriladi.
Aliyev bilan uchrashuvda Turkiya, Niderlandiya, Shimoliy Makedoniya, Gresiya, Vengriya, Chernogoriya, Norvegiya, Slovakiya, Sloveniya, Shvesiya, Chexiya, Portugaliya, Ispaniya, AQSh va Fransiyadan NATO vakillari ishtirok etgan.