Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ozarbayjonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga mukofot puli to‘lanadi

Ozarbayjonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga mukofot puli to‘lanadi

Ozarbayjonda korrupsiya jinoyatlari haqida xabar bergan fuqarolar uchun qonunda qo‘shimcha kafolatlar belgilash taklif qilindi.

Tegishli qoidalar “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjat Ozarbayjon Milliy Medjlisi (parlamenti) mudofaa, xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek, huquqiy siyosat va davlat qurilishi qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishida muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, ariza beruvchilar o‘z ma’lumotlarining maxfiyligini, o‘zlarini va yaqin qarindoshlarini himoya qilishni, shuningdek, noqonuniy bosim va adolatsiz munosabatning oldini olishni talab qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, davlat ularga professional yuridik yordam ko‘rsatishi, sud xarajatlaridan ozod qilinishi, shuningdek, moddiy va ma’naviy zarar uchun kompensasiya to‘lanishi mumkin. Maxfiy maslahat olish imkoniyati ham taqdim etilgan.

Qonun loyihasida ko‘rsatilgan davlat organlari va muassasalari himoya choralarini amalga oshirish uchun javobgar bo‘ladi.

Kiritildi: 04:00 09.10.2026. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!