Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjon xavfsizlik kuchlari teraktning oldini oldi

Ozarbayjon xavfsizlik kuchlari teraktning oldini oldi

Hibsga olinganlar Ozarbayjon shimolidagi Xil, Jibir va Yasab qishloqlarida yer osti omborlari qurib, ularda qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar saqlagan. Bu haqda mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

OR Qurolli Kuchlari maxsus xizmatlari Gusar tumanida xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqador radikal diniy-ekstremistik guruh a’zolarini yo‘q qilish bo‘yicha operasiya o‘tkazilganini ma’lum qildi.

“O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida guruh a’zolari “O‘rmonchi aka-uka” terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etgani uchun muqaddam sudlangan Gadir Gajiyev bilan jinoiy kelishuv tuzganligi aniqlandi. Yuqorida qayd etilgan shaxslar Gusar tumani hududida terrorchilik harakatini rejalashtirib, Xil, Jibir, Yasab qishloqlarini qamrab olgan o‘rmon hududida yer osti boshpanasi qurib, u yerda qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, texnik jihozlar va boshqa vositalarni saqlagan”, – vazirlik bayonotida.

Tergov jarayonida jinoiy tashkilotga aloqador shaxslar, tashkilot tuzilmasi, rejalari va ularning faoliyatiga oid boshqa dalillar aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar ammiakli selitra, tez yonuvchi torf, detonatorlar, portlatish shnurlarini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritib, qo‘lbola portlovchi moslamalar yordamida mehmonxonalar va avtoyuvish shoxobchalarida saqlashgan.

Xabar qilinishicha, radikal guruhning bir qismi qo‘lga olinganda qurolli qarshilik ko‘rsatgan va shu bois yo‘q qilingan. Bundan tashqari, guruhning olti nafar a’zosi hibsga olinib, ularga Ozarbayjon Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Tergov va qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:10 04.02.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!