Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi ishtirokchilari Ozarbayjon Davlat Madaniyat va San’at universitetiga tashrif buyurdilar

A A A
"Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi ishtirokchilari Ozarbayjon Davlat Madaniyat va San’at universitetiga tashrif buyurdilar

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi doirasida Ozarbayjon Davlat Madaniyat va San’at universitetida loyiha ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbari Akif Marifli so‘zga chiqib, mazkur loyiha mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud tarixiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga hamda mushtarak merosni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi. U ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda Prezident Ilhom Aliyev va Prezident Shavkat Mirziyoyevning alohida o‘rin tutishini qayd etdi.

Shundan so‘ng Ozarbayjon Davlat Madaniyat va San’at universiteti rektori, professor Jeyran Mahmudova xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy va madaniy mushtaraklik haqida so‘z yuritib, bunday loyihalar Ozarbayjonning boy madaniy merosini keng targ‘ib etish hamda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tadbir doirasida loyiha ishtirokchilari oliy ta’lim muassasasining faoliyati va ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan pantomima spektakli, sahna harakati hamda sahna plastikasini o‘zida mujassam etgan turli ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Kiritildi: 21:15 25.07.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!