NASA'ning Artemis II missiyasi doirasida Oy atrofida parvoz qilgan Orion kosmik kemasi Kaliforniya qirg‘oqlari yaqinida, Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Kemaning qo‘nish jarayonini NASA'ning YouTube kanalida uch milliondan ortiq kishi jonli kuzatib bordi.
Oyning orqa tomoniga qilingan sayohat 10 kun davom etdi. Orion kemasi Yerdan 406 608 kilometrgacha uzoqlashib, insonning fazoviy sayohatlari tarixidagi eng olis masofaga parvoz bo‘yicha rekordini o‘rnatdi.
Bu 1972 yildan beri Oyga qilingan ilk yirik parvoz bo‘ldi.
Missiya davomida ekipaj yangi avlod skafandrlarini ham sinovdan o‘tkazdi. Ushbu skafandrlar astronavtlarga avtonom holda olti kungacha nafas olish imkoniyatini bera olishi bilan ahamiyatlidir.