Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Pekindan yangi geopolitik yurish: Bugun Si Jinpin va Tayvan muxolifati yetakchisi o‘rtasida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Pekindan yangi geopolitik yurish: Bugun Si Jinpin va Tayvan muxolifati yetakchisi o‘rtasida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Pekinda Xitoy raisi Si Jinpin va Tayvanning muxolifatdagi "Gomindan" partiyasi raisi Chen Li-vun o‘rtasida so‘nggi o‘n yillikdagi ilk tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Si Jinpin Tayvan bo‘g‘ozining ikki tomonidagi aholi yagona xitoy xalqi ekanini va ular tinchlik istashini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Chen Li-vun o‘zini xitoylik deb hisoblashni tabiiy holat deya atab, Tayvan nizolar o‘chog‘i emas, balki tinchlik ramziga aylanishi kerakligini bildirdi. U hatto 2028 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda, Si Jinpinni Tayvanga taklif qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Biroq bu tashrif Tayvanning o‘zida keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Tanqidchilar Chenni Pekinga haddan tashqari yaqinlashishda ayblamoqda, chunki so‘rovnomalarga ko‘ra, orol aholisining aksariyati o‘zini xitoylik emas, balki alohida tayvanlik deb hisoblaydi.

Ekspertlarning fikricha, Pekin ushbu uchrashuv orqali kelasi oy bo‘lib o‘tadigan Si Jinpin va Donald Tramp sammiti oldidan siyosiy ustunlikka ega bo‘lishni ko‘zlagan. Xususan, Xitoy ushbu "tinchlikparvar" muhitdan foydalanib, Qo‘shma Shtatlarning Tayvanga qurol yetkazib berish borasidagi pozisiyasini yumshatishga harakat qilishi mumkin. Ushbu sammit avvalroq Yaqin Sharqdagi urush sababli kechiktirilgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:20. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!