Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga umumiy qiymati 400 mln dollarlik qarz ajratdi. Buni Gazeta.uz ma’lum qildi.
Ajratilgan qarzning 300 mln dollari energetika sektorining tuzilishi, huquqiy-me’yoriy bazasi va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan siyosat choralarini amalga oshirish uchun byudjet yordamini taqdim etadi.
100 mln dollari esa moliyaviy operasiyalar va xizmatlarni optimallashtirish, O‘zbekistonning kapital va pul bozorlari o‘sishi uchun talab va taklifni tartibga solish uchun ajratilgan.
Ushbu kichik dastur doirasida asosiy tashabbuslar quyidagicha:
⏺kapital bozorini tartibga solish bo‘yicha barcha vakolatlarni ixtisoslashtirilgan tartibga soluvchi organga berish;
⏺kapital bozori bilan bog‘liq barcha me’yoriy hujjatlarni birlashtiruvchi taklif etilayotgan qonun; Internetda kompleks
⏺bozor ma’lumotlarini nashr etish va yashil yoki ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun obligasiyalarni chiqarish;
⏺kapital bozoriga kirishni osonlashtirish uchun fintex uchun «tartibga solish qumdoni» rejimini qo‘llab-quvvatlovchi davlat qarzi to‘g‘risidagi qonun.