Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Otabek Shukurov: «Asosiy masala – JChga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish»

Otabek Shukurov: «Asosiy masala – JChga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov yig‘in va oldindagi musobaqa haqida O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

"Terma jamoa bilan yig‘inni boshlab oldik. Oldimizda turgan CAFAga hozirlik ko‘ryapmiz. Asosiy masala – Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdir. O‘ylaymanki, mana shunday musobaqalar va keyingi o‘yinlar bizga asqotadi. Har bir raqib o‘z vatani sha’nini himoya qiladi. Biz ham shu maqsad sari harakat qilamiz. Bundan buyog‘iga JChga chiqqan jamoa ekanligimizni his qilgan holda o‘ynashimiz kerak.

Turnirdagi raqiblar yaxshi saviyadagi jamoalar deb bilaman. Asosiysi, o‘zimiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Shunda JChga tayyor holda yetib boramiz.

Jarohatim anchaga cho‘zildi va ko‘p vaqt davolandim. Sekin-asta jamoaviy mashqlarga kirishyapman. Hammasi ortda qoldi. Bundan buyog‘iga yaxshi bo‘ladi degan umiddaman", – dedi Shukurov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston CAFA musobaqasidagi yurishini 30 avgust kuni O‘mon bilan o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 23:12 27.08.2025. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!