Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ot bitlab ketgani uchun egasini sudga berdi

A A A
Ot bitlab ketgani uchun egasini sudga berdi

Amerikaning Oregon shtatidagi Xillsboro shaharchasida sakkiz yoshli ot egasining shafqatsiz muomalasidan shikoyat qilib, sud jarayonida ishtirok etishni ixtiyor etdi. Bu haqda Hayvonlar huquqlarini himoya qilish Tashkiloti Fondi ma’lum qilgan. Mazkur Tashkilot xodimlari sud jarayonida otning nomidan ishtirok etishadi.

Oregon shtati qonunlari hayvonlarning ham o‘z egalari shafqatsiz muomalasidan arz qilishini yoqlaydi. Sudga arz qilgan otga ramziy ma’noda “Odil sud” deb nom berishdi.

Hayvonlarni himoya qilish tashkiloti xodimlari uni aniqlamagunlaricha bechora ot sovqotish va burgalardan qattiq aziyat chekkan. Egasi uni bir necha oy mobaynida umuman parvarish qilmagan.

Kiritildi: 09:06 14.05.2018. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik