Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Osiyo o‘yinlarida 13-kun yakunlari: O‘zbekiston delegasiyasi 9 ta medalga ega chiqdi

Osiyo o‘yinlarida 13-kun yakunlari: O‘zbekiston delegasiyasi 9 ta medalga ega chiqdi

Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining 13-kuni O‘zbekiston delegasiyasi uchun sermahsul o‘tdi.

Hamyurtlarimiz bir kunning o‘zida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza — jami 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Boks bahslarida To‘rabek Habibullayev (-90 kg) va Abdumalik Xalokov (-60 kg) chempionlikka erishdi. Jahongir Zokirov (+90 kg) esa kumush medal sohibi bo‘ldi.

Dzyudoda Muzaffarbek To‘raboyev +100 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ernazar Sarsenbayev -100 kgda bronzaga sazovor bo‘ldi.

Taekvondo WT musobaqalarida Jasurbek Jaysunov -80 kg vaznda chempion bo‘ldi. Ozoda Sobirjonova esa -67 kgda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tennis bo‘yicha yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov bronza medaliga ega chiqdi. Velotrekning medison yo‘nalishida Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov juftligi ham uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasining Osiyo o‘yinlaridagi umumiy medallari soni 65 taga yetdi: 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronza.

O‘zbekiston umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:56 02.10.2026. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!