Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston sportchilari kunni 4 ta medal bilan yakunladi

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston sportchilari kunni 4 ta medal bilan yakunladi

27 sentyabr kuni Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi, sakkizinchi kun bahslari yakuniga yetdi.

O‘zbekiston delegasiyasi vakillari kun davomida jami to‘rtta medalga sazovor bo‘ldi. Sportchilarimiz ikki bor oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana ikki yo‘nalishda bronza bilan taqdirlandi.

Kurash bahslarida Ibodatxon Agojonova hamda Shohruxxon Baxtiyorov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Shuningdek, kurashchi Bekmurod Oltiboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida esa O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Kun sovrindorlari:

Oltin medal: — Ibodatxon Agojonova — kurash — Shohruxxon Baxtiyorov — kurash

Bronza medal: — Bekmurod Oltiboyev — kurash — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi — qilichbozlik, sablya, jamoaviy bahs

Kiritildi: 23:22 27.09.2026. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!