Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Osiyo taraqqiyot banki 30 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki 30 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (davlat kafolatisiz) qarz mablag‘larini Osiyo Taraqqiyot Bankidan (OTB) jalb qilishga erishdi.

Bu haqida Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Kompaniya va OTB o‘rtasida 30 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri (davlat kafolatisiz) qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi va shartnoma imzolandi.

Jalb qilingan mablag‘lar Kompaniya tomonidan tijorat shartlari asosida tijorat banklar taqdim etadigan ipoteka kreditlarini va yashil uy-joylarni moliyalashtirish hamda qayta moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

– Ushbu shartnomaning imzolanishi Kompaniya va OTB hamkorligi doirasidagi navbatdagi muhim bir yutuqdir. OTB bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, tijorat banklarini uzluksiz resurs bilan ta’minlash va bu orqali aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularga ipoteka kreditlari bo‘yicha yanada qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmonov.

Kiritildi: 16:30 03.04.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!