Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya Bosh vaziri Yevropaga: “Siz ikkiyuzlamachisiz. Isroilga hech narsa qilolmayapsiz”

Ispaniya Bosh vaziri Yevropaga: “Siz ikkiyuzlamachisiz. Isroilga hech narsa qilolmayapsiz”

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi siyosatidagi qarama-qarshilikni tanqid qildi.

Evropa Kengashidagi chiqishida Sanches YEI Rossiyaga qarshi 18 ta sanksiya paketini joriy qilganini, biroq Isroil inson huquqlari bo‘yicha shartnoma moddalari buzilishiga qaramay, u bilan hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.

«Rossiyaga qarshi 17 ta sanksiya paketi joriy qilib, Isroilga nisbatan buni qilmaslik mantiqiy emas. Yevropa ikkiyuzlamachilik qilmoqda, hatto Isroil bilan hamkorlik bo‘yicha bitimni to‘xtatishga ham jur’at eta olmayapti», — dedi u.

Sanches yuzaga kelgan vaziyatda mantiq yo‘qligini aytdi va bunday yondashuv Yevropa Ittifoqi ichida ikki tomonlama standartlar mavjudligini ko‘rsatayotganini urg‘uladi.

Kiritildi: 21:10 26.06.2025. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!