Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi "Inter” va "River Pleyt" o‘yini yakunlanganidan keyin maydonda ishtiyoq avj oldi.
Kecha tunda Sietl shahrida F guruhining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. "Inter" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, Argentina klubining ikki nafar futbolchisi o‘yin davomida qizil kartochka olib, maydonni muddatdan oldin tark etdi.
Mag‘lubiyat "River Pleyt"ni guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum qildi va o‘yin tugaganidan keyin maydonda ommaviy janjal yuzaga keldi.
Argentinalik himoyachi Markos Akunya "Inter" futbolchisi Denzel Dyumfris bilan vaziyatni tartibga solishga qaror qildi. Ammo hakamlar aralashib, jang boshlanishiga to‘sqinlik qilishdi. Biroq, ko‘p o‘tmay, futbolchilar tribuna ostidagi maydon yaqinida mushtlasha boshlashdi.