Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston U-17'ni Osiyo chempioni qilgan Islombek Ismoilov Superliga klubida ish boshladi

O‘zbekiston U-17'ni Osiyo chempioni qilgan Islombek Ismoilov Superliga klubida ish boshladi

Bugun "Neftchi" klubi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Hozirga kunda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Islombek Ismoilov "Neftchi" PFK bilan shartnoma imzoladi.

Islombek Ismoilov 1992 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. "Paxtakor" jamoasi futbol maktabida ta’lim olgan. Murabbiylik faoliyatini 2015 yilda "Yozyovon" klubidan boshlagan. 2018 yildan boshlab Oltiariqning "Iftixor" va Marg‘ilonning "Farovon" BFK, 2019-21 yillarda Superligada Yaypanning "Turon" jamoasida ishladi. 2022 yildan boshlab asosiy faoliyatini O‘zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratdi va 2025 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Islombek Ismoilov "Neftchi"(U-21) jamoasidagi faoliyatini birinchi davra o‘yinlari yakunida boshlashga kirishadi.

Kiritildi: 17:42 26.06.2025. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!