Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 2026/27 yilgi mavsum taqvimiga o‘zgartirish kiritmoqda. Bunga 2027 yilgi Osiyo kubogi o‘tkaziladigan muddatning o‘zgarishi sabab bo‘ldi.
3 noyabr kuni Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan qit’a chempionati boshqa sanaga ko‘chirilgani ma’lum qilingan edi.
Shundan so‘ng mamlakat Pro-ligasi 13-tur bahslarini ham keyinroq o‘tkazishga qaror qildi. Yangi taqvimni tuzishda futbolchilarning dam olish vaqti va mavsum davomidagi o‘yinlar taqsimoti hisobga olinadi.
O‘zgarishlar klublar bilan kelishib olingach, 13-tur uchrashuvlarining yangi sanalari e’lon qilinadi.
Ayni paytda Saudiya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazgan "Al-Hilol" peshqadamlik qilmoqda. Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan "An-Nasr" yetakchidan 2 ochko ortda bormoqda.
"Al-Qodisiya" esa "An-Nasr"dan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun, biroq raqibiga nisbatan bitta ko‘proq uchrashuv o‘tkazgan.