Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Osiyo davlatlari AQShdan Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishni talab qilmoqda

Osiyo davlatlari AQShdan Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni yumshatishni talab qilmoqda

Bir qator Osiyo davlatlari AQShdan Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning yumshatilish muddatini uzaytirishni talab qilmoqda.

Bu haqda «Bloomberg» agentligi xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlar qatoriga Hindiston va Filippin kiradi. Neft sotib olish bo‘yicha berilgan amaldagi ruxsatnoma muddati 11 aprel kuni nihoyasiga etadi.

Shuningdek, «Bloomberg»ning qayd etishicha, Nyu-Deli ushbu imtiyozlar Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaziga (STG) nisbatan ham tatbiq etilishiga harakat qilmoqda.

Agentlikning ko‘rsatishicha, ushbu vaziyat ittifoqchilar o‘rtasidagi ixtiloflarni kuchaytirmoqda: Yevropa davlatlari cheklovlarni yanada qat’iylashtirish tarafdori bo‘lsa, Osiyo mamlakatlari energiya resurslari taqchilligiga duch kelmoqda.

Kiritildi: 23:52 10.04.2026. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!