O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
O‘smirlarimiz Toshkent viloyatida 3 may kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Oldinda turgan muhim musobaqa — FIFA U-17 Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, yosh futbolchilarning bor e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratishni ta’minlash maqsadida yig‘in yopiq formatda tashkil etiladi. Mashg‘ulot jarayonlari O‘FA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.