Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Osiyo chempionatida hamyurtimiz bronza medaliga ega chiqdi

Osiyo chempionatida hamyurtimiz bronza medaliga ega chiqdi

Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda.

Biroz avval ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi. E’tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Afuski, Jabborovaga siltab ko‘tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

Kiritildi: 18:47 14.05.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!