Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konferensiyasida mutaxassislar tomonidan Orol hududidagi vaziyatni yumshatish borasidagi innovasion yechimlar, qum-chang bo‘ronlari va tuproq holatini yaxshilashga ham e’tibor qaratildi.

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Xalqaro Orol turizmi haftaligi doirasida o‘tkazilgan konferensiyada Iqlim o‘zgarishi milliy markazi mutaxassisi Charlz Norman iqlim o‘zgarishi sharoitida Orolbo‘yi hududini mintaqaviy rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuvlarni taqdim etdi. U Orol muammosi, agar o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, yaqin kelajakda yanada salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishini, shuning uchun bugungi kunda vaziyatni yaxshilash, mintaqani innovasiyalar, barqarorlik va imkoniyatlar markaziga aylantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Galofit bog‘lari, "Green University" va ko‘plab loyihalar Orol dengizi fojiasining salbiy oqibatlarini yumshatishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. U Milliy markazning iqlimni rejalashtirish va siyosatiga yondashuvi, shuningdek, “Yashil shaharlar” loyihasining asosini tashkil etgan iqlim inqirozi va Orol dengizi bilan bog‘liq umumiy muammolarni aytib o‘tdi.

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Salimjon Bo‘riyev “Orolbo‘yi mintaqasida qum-chang bo‘ronlarining shakllanishi va tarqalishini modellashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishini taqdim etdi. Modellashtirish qum-chang bo‘ronlarining oldini olishda yanada samarali chora-tadbirlar ko‘rishga imkon beradi.

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, uzoq davomiylikka ega qum bo‘ronlari, asosan, bahor va yoz faslida ko‘tariladi, bunday bo‘ronlarning eng qisqa davomiyligi yiliga 66 foiz holatda 3 soatga, 21 foiz holatda 3-6 soat, 11 foiz holatda esa 6-12 soatni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Konferensiyada, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Saydali Turdiyev "Orolbo‘yi mintaqasi sharoitida sharq jiydasining yangi yaratilgan "Toshkent-16" va "Samarqand-7" navlarini iqlimlashtirish” mavzusiga e’tibor qaratdi. U sharq jiydasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida qadimdan oziq-ovqat resursi sifatida foydalanilganiga e’tibor qaratdi.

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Mutaxassis Qoraqalpog‘iston hududlarida nega aynan jiyda ekilayotganligiga oydinlik kiritdi. Uning fikricha, jiyda ildizlarida azotni o‘zlashtiruvchi mikoriza hosil qiluvchi tuganak bakteriyalar mavjud. Bu esa Orolbo‘yi mintaqasi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Qolaversa, bioxilma-xillikni oshirish, ekologik muvozanatni barqarorlashtirish hamda barcha fauna vakillari uchun ozuqa zanjirini yaratishni ta’minlaydi.

Orol tuprog‘ining meliorativ holatini yaxshilash va innovasion yechimlarga e’tibor qaratildi

Ma’lumot uchun, Orolbo‘yi mintaqasi sharoitida sharq jiydasining "Toshkent-16" va "Samarqand-7" navlaridan bir yillik standart ko‘chatlar vegetativ yo‘l bilan tayyorlandi va tayyor ko‘chatlar soni jami 5800 tupga yetdi. Onalik plantasiyalar va ihotazorlarga ekilgan yer maydonlari 10,65 gektarni tashkil qiladi.

Kiritildi: 18:53 21.04.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!