BMT Jahon sayyohlik tashkiloti 2024 yilda eng ommabop 10 ta davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Dunyodagi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishi Fransiya bo‘lib, mamlakatga 102 million sayyoh tashrif buyurgan. Parij va Lazur sohili (Kot-d’Azur) shaharlari ayniqsa yuqori talabga ega, deb yozadi DW.
Ikkinchi o‘rinda o‘tgan yili 93,8 million sayyoh tashrif buyurgan Ispaniya joylashgan. So‘nggi paytlarda mamlakat aholisi ommaviy turizmga qarshi tez-tez norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda.
AQSh 72,4 million sayyoh bilan Ispaniyadan keyingi o‘rinni egalladi.
Germaniya eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan davlatlar orasida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlarni bu mamlakat shaharlari va diqqatga sazovor joylari rang-barangligi o‘ziga jalb qiladi. Ular orasida Kyoln sobori va Noyshvanshtayn qamali ayniqsa mashhur.
2024 yilda 10 ta eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya va Italiyaning bir qancha shaharlarida sayyohlar sonining haddan tashqari ko‘payishiga qarshi namoyishlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. Namoyishchilar sayyohlar sonini kamaytirishni talab qilishdi.