Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi "juda qat’iy bojlar" joriy qiladi

AQSh Rossiyaga qarshi "juda qat’iy bojlar" joriy qiladi

Bu 50 kun ichida amalga oshiriladi, deya bayonot berdi Donald Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, agar 50 kun ichida Ukraina bilan tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiyaga nisbatan "ikkilamchi bojlar" qo‘llaniladi va ular 100 foizni tashkil etadi.

AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishimizni NATO va AQShning alyansdagi doimiy vakili muvofiqlashtiradi;

◾️ Biz eng yaxshi qurollarni ishlab chiqaramiz, ularni NATO'ga yuboramiz, alyans esa ularni uchinchi davlatlarga, xususan, Ukrainaga topshirishi mumkin;

◾️ NATO orqali Ukrainaga qurol yetkazib berish xarajatlarini Yevropa davlatlari qoplaydi. Ya’ni, AQSh qurollari endi Ukrainaga bepul yetkazilmaydi;

◾️ Tez orada Ukraina o‘zini qudratliroq his qiladi;

◾️ Men 100 foizlik bojlarni Kongressning ruxsatisiz joriy qilishim mumkin. 500 foizlik va 100 foizlik bojlar bir xil ta’sir ko‘rsatadi;

◾️ Putindan hafsalam pir bo‘ldi, chunki men ikki oy oldin u bilan kelishuvga erishaman deb o‘ylagandim, ammo bu sodir bo‘lmadi;

◾️ Yevropaga 17 ta Patriot tizimini yuborishga tayyorlanyapmiz, ularning ko‘pchiligi keyinchalik Ukrainada bo‘ladi;

◾️ Hozircha biz kelisha olmagan yagona davlat — bu Rossiya;

◾️ Ayrim mamlakatlar Kiyevga o‘zlarida mavjud Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini topshiradi, AQSh esa ularning o‘rnini yangi majmualar bilan to‘ldiradi;

◾️ Ukrainaga kelajakda harbiy yordam yetkazib berish nafaqat Patriot uchun raketalarni, balki ushbu tizim batareyalarini ham o‘z ichiga oladi;

◾️ Men Putin bilan bu urushni to‘xtatish kerakligi haqida juda ko‘p gaplashaman. Men go‘shakni qo‘yaman va "ajoyib suhbat bo‘ldi", deyman. Ammo keyin yana raketalar Kiyevga uchadi. Suhbatlar hech narsani anglatmaydi. U bilan suhbat juda yoqimli, ammo o‘sha tunning o‘zida yana raketalar uchiriladi... Men uni "qotil" deb atamoqchi emasman, lekin u ajoyib yigit. U Bushni, Obamani aldadi, lekin meni alday olmaydi.

Kiritildi: 21:15 14.07.2025. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!