Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Alisher Sultonov va Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Alisher Sultonov va Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Prezident administrasiyasidagi o‘zgarishlar doirasida Alisher Saidabbasovich Sultonov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

U endi prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili hisoblanadi (bu prezident maslahatchisi o‘rinbosariga teng lavozim).

Alisher Sultonov 2015-2018 yillarda «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2019 yilda energetika vaziri bo‘lgan, 2022 yil aprelida salomatligi lavozimidan ozod etilgandi. 2023 yil mayida u prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, prezidentning tegishli farmoni bilan:

Odil Qalandarovich Abdurahmonov prezidentning sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Erkin To‘raqulovich Yuldashev PA Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Azizbek Allabergenovich Urunov prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.

Yana bir mulozim Aziz Yuldashevich Mag‘rupov O‘zbekiston prezidentning tashqi investisiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Prezident administrasiyasidagi o‘zgarishlar doirasida u prezidentning tashqi investisiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga o‘tkazilgan.

U o‘tgan oyda prezident yordamchisi lavozimidan olinib, maslahatchi bo‘lgandi. Endi esa prezidentning tashqi investisiyalar bo‘yicha vakiliga aylandi. Bu lavozim prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan.

Prezident administrasiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi:

Xayriddin Madriddinovich Sultonov – prezident maslahatchisi – Spichrayteri;

Shuhrat Madaminovich G‘aniyev – prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Tursinxon Aydarovich Xudaybergenov – prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Viktor Vladimirovich Mahmudov – prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;

Alisherbek Azizovich Payg‘amov – Prezidenti administrasiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;

Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov – prezidenti protokoli rahbari.

Kiritildi: 20:47 14.07.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!