Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Orol dengizining qurigan tubida yangi o‘simlik turlari sinovdan o‘tkazilmoqda

Orol dengizining qurigan tubida yangi o‘simlik turlari sinovdan o‘tkazilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Orol dengizining qurigan tubida sho‘rlangan tuproqlarda yetishtirish uchun mos keladigan o‘simlik turlarini aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazmoqda.

Bunda o‘simliklarning nafaqat ekstremal sharoitlarga moslashish qobiliyatiga, balki ekotizimning biologik funksiyalarini tiklash imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘simlik qoplamini tiklash tuproqni barqarorlashtirish, chang bo‘ronlari darajasini pasaytirish va mintaqadagi mikroiqlim sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi.

Sinov ishlari natijalariga ko‘ra, sho‘rlangan yerlarda o‘sishga eng moslashgan o‘simliklar aniqlanadi va ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Olingan ma’lumotlar cho‘llanishga qarshi kurashish va Orol hududi ekotizimini tiklash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 21:45 18.12.2024. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!