"Leganes" o‘z tarkibini mustahkamlash maqsadida, O‘zbekistonning Superligasi klubi "Lokomotiv Toshkent"dan 18 yoshli futbolchi Mirzayev Lazizbekni qo‘shib oldi.
Lazizbek 2024 yilgi mavsumda 16 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z yurtining yosh umidli futbolchilaridan biri sifatida nom qozongan.
O‘zbekitonlik futbolchi joriy mavsumni "Leganes"ning yoshlar jamoasi hisoblangan "Yuvenil A" klubida o‘tkazadi. Unga 10-raqam beriladi.
Mirzayev 2023 yildagi 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi FIFA Jahon Chempionatida ishtirok etib, Angliyaga qarshi o‘yinda gol urgan va O‘zbekistonning Ispaniyaga qarshi durang natija qayd etishida muhim rol o‘ynagan.
Bu transfer orqali "Leganes" o‘z sport loyihasini kuchaytirish maqsadida xalqaro iste’dodlarga e’tibor qaratganini yana bir bor tasdiqladi, — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Transferning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzayevning "Lokomotiv" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabrigacha mo‘ljallangan edi.