Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni ortdi

Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni ortdi

Kecha, 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlashdagi qurbonlar soni yana 3 nafarga ko‘paydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharning Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi tufayli portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir necha fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 13:27 18.12.2024. O'qildi: 3959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!