Dunyodagi aksariyat davlatlar nasizmga qarshi Rossiya rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatladi.
Faqat AQSH, YEI, NATO davlatlari, Kanada, Ukraina, Moldova, Yaponiya va yana bir necha davlat qarshi ovoz berdi.
Hujjat Ikkinchi jahon urushi tarixini qayta ko‘rib chiqmaslik, nasizmni qahramonlashtirish holatlarini, shu jumladan, urush qurbonlari yodgorliklariga bo‘lgan buzg‘unchilikni qoralaydi.
Shuningdek, nasistik tuzumlarni maqtagan bayramlarni taqiqlash va millat, din yoki e’tiqodga nisbatan kamsituvchi qonunlarni bekor qilish taklif qilingan.
Rossiyaning bu taklifini Belarus va Turkmaniston ham qo‘llab-quvvatladi.