Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

UzAuto Motors 19 dekabr kuni Cobalt uchun kontraktasiyani ochadi

A A A
UzAuto Motors 19 dekabr kuni Cobalt uchun kontraktasiyani ochadi

UzAuto Motors 19 dekabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun kontraktasiyani ochadi. Kompaniya avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov vaqtida amalga oshirilmagan hajmlarni qayta kontraktasiyaga qo‘yadi.

UzAuto Motors 19 dekabr kuni Cobalt GX-STYLE AT PLUS va Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari kontraktasiyaga qo‘yilishini ma’lum qildi. (https://t.me/uzautomotorscom/3456)

Kompaniya bu kuni avvalgi kontraktasiyada tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi o‘z vaqtida to‘lanmagan avtomobillarni sotadi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 19 dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtosavdo ilovasi orqali tuzilishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 13:26 18.12.2024. O'qildi: 15039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!