22 mart, shanba kuni Orleanda ravvin Arye Engelberg 9 yoshli o‘g‘lining ko‘z o‘ngida kaltaklandi. Hujum ular sinagogadan uyga qaytayotganlarida sodir bo‘lgan.
Ici Orléans gazetasining yozishicha, bir yigit kuppa-kunduzi ko‘chada ravvin va uning o‘g‘lining oldiga yugurib kelib, ularni qo‘l telefoniga suratga olib: "Sizlar yahudiymisizlar?.. Siz yahudiysiz!" - dedi va bezori erkakka tupurdi, so‘ng uni tepib, ura boshladi. Ko‘chada o‘tkinchilar paydo bo‘lgach, bezori g‘oyib bo‘ldi.
Nashrning yozishicha, bir necha soatdan keyin polisiya 16 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U polisiya bo‘limida qolmoqda.
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar X ijtimoiy tarmog‘ida ravvin Arye Engelbergga tezroq tuzalib ketishini tilab, shuningdek, Fransiya va butun Yevropada antisemitizm avj olgani Yevropa hukumatlari va jamiyati uchun xavotirli signal bo‘lishi kerakligini yozdi. "Antisemitizm xavfli va murosasiz munosabatni talab qiladi", deb yozgan Saar antisemitizmga "qarshi kurashish"ga chaqirgan.