Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Oq uyning yangi matbuot kotibi ilk brifingidan so‘ng tanqidga uchradi

Oq uyning yangi matbuot kotibi ilk brifingidan so‘ng tanqidga uchradi

AQSh prezidenti ma’muriyatining yangi matbuot kotibi Keti Zakariyaning ilk brifingi Oq uydagi ayrim rasmiylar tomonidan tanqid qilindi. Bu haqda MS NOW telekanali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Oq uy vakillaridan biri Zakariyaning dastlabki chiqishidan noroziligini bildirib, u qisqa vaqt ichida o‘z ish uslubini sezilarli darajada yaxshilashi kerakligini ta’kidlagan.

«Minbar ortida turib, jurnalistlar savollariga javob berish oson emas. Biroq u faoliyatini omadsiz boshladi. U zudlik bilan ancha yaxshiroq ishlashni boshlashi kerak. Aks holda, Skaramuchchining rekordini yangilashi mumkin», — dedi Oq uy vakili telekanalga.

Mazkur bayonotda 2017 yil iyul oyida Oq uyning kommunikasiyalar bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlanganidan atigi 10 kun o‘tib ishdan bo‘shatilgan Entoni Skaramuchchi nazarda tutilgan.

Ilk brifing 15 daqiqa ham davom etmadi

Ma’lum qilinishicha, Keti Zakariyaning matbuot kotibi sifatidagi birinchi rasmiy brifingi 15 daqiqadan kamroq davom etgan.

U jurnalistlarning atigi uchta savoliga javob berganidan so‘ng zalni tark etgan.

MS NOW telekanali taqqoslash uchun Oq uyning sobiq matbuot kotibi Kerolayn Levitt faoliyatiga ham e’tibor qaratgan.

Qayd etilishicha, Levitt odatda 30 daqiqadan ortiq davom etadigan brifinglar o‘tkazgan.

Zakariyaning qisqa davom etgan ilk chiqishi esa uning yangi lavozimdagi faoliyati yuzasidan savollar tug‘dirgan.

Kiritildi: 23:42 13.10.2026. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!